Asosiy qismga o‘tish

Kibersportchilar uchun biometrik murabbiy

Tiltni o‘lcha. O‘yinni boshqar.

Braslet o‘yin paytida puls va stressni o‘lchaydi. Tiltmeter tiltni erta sezadi va o‘z vaqtida tanaffus taklif qiladi. Murabbiy esa butun jamoani bitta ekranda ko‘radi.

Imkoniyatlar

O‘yin oldidan, o‘yin paytida va keyin

Barcha imkoniyatlar
  • TanaffusNafas81

    Jonli Tilt indeksi

    Puls, stress va o‘yin natijasi bitta ballda. Maqsad nol emas — Ideal zona.

  • Ertalabki tayyorlik

    Uyqu va qisqa o‘lchov: bugun qanchalik tayyorsiz.

  • Nafas mashqi

    Qizishda braslet yengil titraydi va 10 soniya nafas taklif qilinadi.

  • Tanaffus qoidasi

    Tiltda — o‘yin tugagach 15 daqiqa tanaffus. O‘yin o‘rtasida hech qachon.

  • AI murabbiy

    O‘yiningiz haqida so‘rang — qisqa, amaliy javob oling.

  • O‘yin hisoboti

    Ball qayerda ko‘tarildi va qancha vaqtda tinchlandingiz.

  • Sizning odatdagi holatingiz

    Har ko‘rsatkich o‘zingizning odatdagi oralig‘ingiz bilan solishtiriladi.

Rasmlardagi raqamlar namuna sifatida berilgan.

Qanday ishlaydi

Taqasiz, o‘ynaysiz — Tiltmeter kuzatib boradi.

  1. Brasletni taqing

    Braslet o‘yin paytida puls va stressni o‘lchaydi va telefondagi ilovaga yuboradi.

  2. Tilt indeksi 0⁠–⁠100

    Puls, stress (HRV) va o‘yin natijalari bitta ballga jamlanadi. Ball sizning odatdagi holatingiz bilan solishtiriladi.

  3. O‘z vaqtida to‘xtang

    Ball ko‘tarilsa, nafas mashqi yoki tanaffus taklif qilamiz — tiltga tushishdan oldin.

Tilt zonalari

Tilt indeksi 0 dan 100 gacha. Maqsad nol emas — eng yaxshi fokus Ideal zonada.

Ball qanday hisoblanadi
  • 0–25

    Sust

    Xotirjam, lekin sust bo‘lishi mumkin.

    • Braslet titramaydi
  • 26–55

    Ideal

    Eng yaxshi fokus — eng yaxshi o‘yin zonasi.

    • Braslet titramaydi — shu zonada qolish maqsad
  • 56–75

    Qizish

    Taranglik oshmoqda.

    • Braslet 1 marta yengil titraydi
    • 10 soniya nafas mashqi taklif qilinadi
  • 76–100

    Tilt

    Asab nazorati yo‘qolmoqda — to‘xtash kerak.

    • Braslet 3 marta titraydi
    • O‘yin tugagach 15 daqiqa tanaffus

Qurilma titramasa, ogohlantirish telefonga keladi.

Murabbiy uchun

Butun jamoa bitta ekranda

Kim qizib ketyapti, kim tayyor, kimga dam kerak — vebda, jonli. Faqat o‘yinchi ruxsat bergan ma’lumot.

  • Jonli kuzatuv

    Har o‘yinchining Tilt indeksi, puls va zonasi.

  • Tayyorlik

    Mashg‘ulotdan oldin kim to‘liq kuchda ekanini bilasiz.

  • O‘yin tahlili

    Qaysi raundda ko‘tarildi, qancha vaqtda tinchlandi.

Ma’lumotlar o‘yinchiniki

Puls va stress — shaxsiy ma’lumot. Uni kim ko‘rishini o‘yinchi hal qiladi.

  • Ma’lumotlar egasi — o‘yinchi.
  • Murabbiy faqat o‘yinchi ruxsat bergan ma’lumotni ko‘radi.
  • Ota-ona puls, stress, uyqu va o‘yin natijalarini ko‘rmaydi.
  • Ma’lumotlarni ilovada yuklab olish va butunlay o‘chirish mumkin.

Ota-ona uchun

Rozilik sizda

18 yoshgacha o‘yinchi Tiltmeter’dan faqat sizning roziligingiz bilan foydalanadi. Ruxsatlarni o‘zingiz boshqarasiz.

Xavfsizlik doim bepul

Jonli Tilt, tanaffus, nafas mashqi va ota-ona roziligi hech qachon pullik bo‘lmaydi.

Tariflarni solishtirish
  • Bepul

    0 so‘m

    Xavfsizlik funksiyalari to‘liq

Ko‘p so‘raladigan savollar

Barcha savollar

Tiltmeter tibbiy qurilmami?

Yo‘q. Tiltmeter umumiy salomatlik uchun. Ko‘rsatkichlar tashxis yoki davolash emas. O‘zingizni yomon his qilsangiz, o‘yinni to‘xtating va shifokorga murojaat qiling.

O‘yin o‘rtasida tanaffus so‘raladimi?

Yo‘q. Reyting o‘yini o‘rtasida faqat qisqa nafas mashqi taklif qilinadi. 15 daqiqalik tanaffus — o‘yin tugagach.

Ilova o‘yin fayllariga kiradimi?

Yo‘q. Tiltmeter o‘yin xotirasiga va klaviaturaga kirmaydi, anti-cheat tizimlariga xalaqit bermaydi.

Farzandimning pulsini ko‘ra olamanmi?

Yo‘q. Puls, stress, uyqu va o‘yin natijalari farzandingizniki. Siz faqat bog‘lanish holati va ikki ruxsatni ko‘rasiz.

Ma’lumotlarim kimga sotiladi?

Hech kimga. Ma’lumotni sotmaymiz va reklama uchun ishlatmaymiz.

Qaysi qurilma kerak?

Pulsni Bluetooth orqali uzatadigan qurilma. Hozir eng aniq variant — Polar H10 ko‘krak tasmasi: u titramaydi, ogohlantirish telefonga keladi. Veepoo brasleti sinovda. Batafsil — «Qurilmalar» sahifasida.

Jamoangiz bilan sinab ko‘ring

Qisqa demo ko‘rsatamiz, savollarga javob beramiz va pilotni birga rejalashtiramiz.